13 Mart 2023 906

“Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining yangi mavsumi boshlandi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur boʻyicha “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Yangi mavsumning ilk turnirida Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

“F” toifasi, 80 sm:
1. Ulugʻbek Obidjonov (“Karida” laqabli otda)
2. Sitora Azizxoʻjayeva (“Vayt Spot”)
3. Bahromjn Gaziyev (“Kaskat”)

“C” toifasi, 100 sm:
1. Firdavsbek Davronbekov (“Pegas Omskiy”)
2. Akbar Sharipov (“Kechmeker”)
3. Akbar Sharipov (“Ragner Red Blok”)

“E” toifasi, 110 sm:
1. Aksinya Bolotova (“Karida”)
2. Anna Sigidina (“Elis Dji”)
3. Taisiya Lokteva (“Gayums”)

“B” toifasi, 110 sm:
1. Bekzod Qurbonov (“Menfis”)
2. Bekzod Qurbonov (“Leo King”)
3. Nurjan Tuyakbayev (“Belobet Djyunior”)

“D” toifasi, 115 sm:
1. Farruh Oʻrinboyev (“Gledstoun”)
2. Mirrauf Odilov (“Karnetta”)
3. Temur Azizov (“Ileksta”)

“A” toifasi, 130 sm:
1. Saidamirxon Turgʻunboyev

Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan taqdirlanishdi.

Text to speech