12 Mart 2023 666

Yosh futbolchilarimiz beshinchi bor "kichik mundial"ga yo'l olishdi

Toshkentda o’tayotgan futbol bo’yicha U-20 Osiyo chempionatida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Avstraliyani penaltilar seriyasida mag’lub etib, yarim final bosqichi bilan birga joriy yil Indoneziya mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga yo’l oldi. Shu tariqa O’zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi 8 yillik tanaffusdan so’ng yana bir mundialda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritmoqda. Qayd etish joiz, bu yoshlar terma jamoamiz uchun 5-jahon chempionati bo’ladi!

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbolchilarimiz, murabbiylar shtabi hamda millionlab hamyurtlarimizni tabriklab, yoshlarimizga kelgusi bosqichlarda ham omad va muvaffaqiyat tilab qoladi.

Text to speech