12 Mart 2023 896

Yanina Kuskova “Trofeo Ponente in Rosa” turnirida porladi

Italiyada veloshosse bo‘yicha “Trofeo Ponente in Rosa” ko‘pkunlik poygasi nihoyasiga yetdi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqa O‘zbekiston terma jamasi a’zosi Yanina Kuskova uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Yakunlovchi beshinchi bosqichda Kuskova uchinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu natija orqali sportchimiz musobaqani umumiy hisobda ikkinchi o‘rinda yakunladi. Yanina bu borada faqatgina mountinbayk yo‘nalishidagi Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni shveysariyalik Yolanda Neffdan ortda qoldi xolos.

Shuningdek, Kuskova musobaqaning “Eng yaxshi yosh poygachisi” yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Qo‘shimchasiga, u Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Text to speech