12 Mart 2023 2972

Sharros yomg‘ir ostida kechgan V Toshkent xalqaro marafonining g‘oliblari aniqlandi

Bugun ob-havo noqulay bo‘lishiga qaramay minglab sportsevar hamyurtlarimiz “Humo arena” majmuasi oldidagi maydonda Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun jam bo‘lishdi. Beshinchi bor tashkil etilgan mazkur musobaqada 34 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdilar. Yana bir ahamiyatli jihati, bir vaqtning o‘zida Respublikamizning barcha viloyatlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi ham o‘tkazildi. 

Musobaqaning ochilish marosimida rasmiylardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi. Mutasaddilar musobaqani ochiq deb e’lon qilishar ekan, bu kabi ommaviy sport tadbirlarining tashkil etilishi Prezidentimiz ilgari surayotgan sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish, aholi salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi. 

Ochilish marosimidan so‘ng bellashuvlarga start berildi. Unda minglab professional va havaskor sportchilar 3 km, 10 km, yarim marafon va marafon yo‘nalishlarida bahs olib borishdi. Kutilganidek, musobaqaga Keniyada tayyorgarlik ko‘rgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov yarim marafon dasturida mamlakat rekordi bilan marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Shuningdek, yana bir qator vakillarimiz sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Gʻolib va sovrindorlar: 

3 km, erkaklar: 

1. Diyorbek Ahmedov - 9:16

2. Eldor Botirov - 9:17

3. Jahongir Raxmatullayev - 9:33

3 km, ayollar: 

1. Anastasiya Silchenkova - 10:27

2. Go‘zal Maxamatovaliyeva - 10:38

3. Oyzira Jo‘raqulova - 10:43


10 km, erkaklar:
1. Bekzod Boymurodov – 34:18
2. Alisher Ahmatillayev – 34:34
3. Hasan Mirsoatov – 34:47

10 km, ayollar: 

1. Sitora Hamidova - 39:34,29

2. Shohsanam Xurramova - 40:46,54

3. Kamola Ablamova - 42:23,46

Yarim marafon, erkaklar: 

1. Shohruh Davlatov (O‘zbekiston) - 1:03:37

2. Nodir Mutalipov (O‘zbekiston) - 1:06:50

3. Mixail Kulkov (O‘zbekiston) - 1:07:51

Yarim marfon, ayollar: 

1. Aynuska Xalil kizi (Qirg‘iziston) - 1:15:47

2. Aziza Mirzakbarova (O‘zbekiston) - 1:21:32

3. Moxinabonu Komilova (O‘zbekiston) - 1:24:17

Marafon, erkaklar: 

1. Baxtiyor O‘tkirov (O‘zbekiston) - 2:20:13

2.Ilya Pyankin (Qirg‘iziston) - 2:25:61

3.Islom Amangos (Qozog‘iston) - 2:29:58

Marafon, ayollar:

1. Gulshanoy Sattarova (Qirg‘iziston) - 2:46:30

2. Yekaterina Vasilchenko (Ukraina) - 2:59:28

3. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) - 3:00:29.

Taqdirlash marosimida kecha tadbir doirasida bolalar o‘rtasida o‘tgan “Kids run” yo‘nalishining g‘olib va sovrindorlari ham sovg‘alarni qabul qilib olishdi. Garchi bugun sportchilar marafon yo‘nalishida Parij-2024 Olimpiadasining normativini bajara olmagan bo‘lsalar ham, qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘lishdi.

Text to speech