12 Mart 2023 1160

Taekvondochilarimiz “Dutch Open” turnirini beshta medal bilan yakunlashdi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Niderlandiyaning Eyndxoven shahridada oʻtayotgan “Dutch open” musobaqasidagi ishtirokini yakunladi. Hamyurtlarimiz unda 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Murosasiz bahslarda Jasur Jaysunov (-74 kg), Shuhrat Salev (-80 kg) va Nikita Rafalovich (-87 kg) oltin medalga sazovor boʻlishdi. Yangi vazn toifasida ikkinchi bor ishtirok etgan Ulugʻbek Rashitov (-74 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) bronza medali sohibiga aylandi. Qayd etish joiz, -74 kg vazn toifasining yarim finalida Jaysunov hamda Rashitov oʻzaro toʻqnash kelishgan.

Oltin medal:
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salev
-87 kg: Nikita Rafalovich

Bronza medal:
-74 kg: Ulugʻbek Rashitov
+73 kg: Svetlana Osipova

Endi terma jamoamiz 18-19-mart kunlari oʻtadigan “Belgian Open” musobaqasida ishtirok etadi.

Text to speech