12 Mart 2023 941

Polo bo‘yicha “Navro‘z kubogi-2023” musobaqasining g‘olibi aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” bayrami munosabati bilan polo bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Qiziqarli bahslarda 4 jamoa ishtirok etdi. Ular orasida ayol chavandozlardan iborat jamoa ham borligi musobaqaga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi. 

Murosasiz o‘yinlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent shahar jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Qo‘mondonlikning poytaxt viloyati jamoasiga nasib etdi. “Woman Polo” va “Star House” jamoalari esa uchinchi pog‘onani bo‘lishib olishdi. 

Shu tariqa “Navro‘z kubogi-2023” turniri bayramona kayfiyatda nihoyasiga yetdi. Taqdirlash marosimida MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech