1 May 2021 611

Og‘ir atletikachilarimizning Vladivostokdagi yig‘ini boshlandi

Xabar berganimizdek, og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyaning Vladivostok shahriga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun jo‘nab ketgan edi. Hamyurtlarimiz ushbu shaharga eson-omon yetib kelishdi va mashg‘ulotlarni boshlab yubordilar.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘in Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchun muhim bosqich vazifasini o‘tab beradi. Boisi ushbu shahar iqlim va vaqt mintaqasi bo‘yicha Tokio bilan bir xil. Sportchilarimiz hozirda mahalliy iqlim va sharoitiga moslashib borishyapti.

Vladivostok yig‘inida jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:

Sportchilar:
Adhamjon Ergashev
Muhammadqodir Toshtemirov
Sarvarbek Zafarjonov
Akbar Jo‘rayev
Ruslan Nurudinov
Nigora Abdullayeva
Muattar Nabiyeva
Kumushxon Fayzullayeva
Nigora Suvonova
Tursunoy Jabborova

Murabbiylar:
Bahrom Mendiboyev
Yerjas Boltayev

Massajchi:
Obiddin Muslimov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech