11 Mart 2023 954

Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Ikki urinish natijasiga koʻra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball toʻpladi. Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor boʻlgan edi.

Tayanib sakrash, ayollar:
1. Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
2. Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.433
3. Linmin Yu (Xitoy) – 13.383

Text to speech