Bokschi qizlarimiz JCHdan avval so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda
Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida oʻtadigan jahon chempionatiga tayyorlanmoqda. Rejaga muvofiq, Elshod Rasulov murabbiyligidagi qizlarimiz musobaqadan avval ushbu shaharning oʻzida soʻnggi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazishmoqda.
Jahon chempionati 15-mart kuni boshlanadi. Mashgʻulotlar maxsus texnik harakatlar va chigalyozdi mashqlari asosida olib borilmoqda. Eslatib oʻtamiz, ushbu dunyo birinchiligida quyidagi 10 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-57 kg: Mahliyo Xabibullayeva
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Roʻzmetova