10 Mart 2023 1493

Eron poytaxti Tehron shahrida 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasi boshlandi

14 mart kuniga qadar davom etadigan musobaqa faqat ayollar o‘rtasida o‘tkazilib, unda hamyurtlarimiz ot sporti, qilichbozlik va og‘ir atletika sport turlarida ishtirok etishmoqda.

Bellashuvlarda Yana Pavliva, Sofiya Li hamda So‘g‘diyona Nozimjonova ot sportining konkur yo‘nalishida o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Shuningdek, og‘ir atletikachilarimiz Nigora Abdullayeva (-55 kg), Sevinchoy Komilova (-71 kg), Rigina Adashboyeva (-81 kg) hamda Tursunoy Jabborova (+81 kg) o‘z vazn toifalarida medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech