10 Mart 2023 865

Sport gimnastikasi: Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida yana bir sportchimiz finalga yo‘l oldi

Bugun ot ustida mashq dasturida saralashda ishtirok etgan O‘tkirbek Jo‘rayev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz murakkablik koeffitsiyenti 5.6 darajani tashkil etgan mashqni muvaffaqiyatli bajara oldi. Uning ijrosi hakamlar tomonidan 14.100 ball bilan baholandi va bu saralashdagi sakkizinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. Ushbu dasturdagi final 12 mart kuniga belgilangan.

Text to speech