10 Mart 2023 1290

Regbchilarimiz Malayziya yig'inida

Ayni paytda regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari Malayziyaning Sandakan shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida boʻlib turibdi. 8-mart kuni boshlangan mashgʻulotlar 16-martga qadar davom etadi.

Yigʻindan soʻng terma jamoalarmiz Xitoy Taipeyi, Malayziya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi terma jamoalar qatnashadigan “Borneo Sevens” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlik vazifasini oʻtab berayotgan mazkur yigʻinga bosh murabbiy Danil Kulikov 24 nafar (12 nafar erkak, 12 nafar ayol) sportchini jalb qilgan.

Text to speech