10 Mart 2023 870

Oʻzbekiston terma jamoasi ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi

25-mart – 1-aprel kunlari Albaniyaning Durres shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, dunyo birinchiligida quyidagi 3 sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi:

-61 kg: Aziz Shomurodov
-81 kg: Diyor Ermatov
-76 kg: Madina Fayzullayeva

Text to speech