10 Mart 2023 1141

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi poytaxtimizga qaytib keldi

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Belarusdagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini yakunlab, poytaxtimizga qaytib keldi. 15-fevraldan 9-martga qadar davom etgan mashgʻulotlar murabbiylar shtabining Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejasi asosida oʻtkazildi.

Minsk shahri mezbonlik qilgan yigʻinda hamyurtlarimiz Belarus termasi vakillari bilan birga mashgʻulot qilib, mahoratlarini yanada oshirishga muvaffaq boʻlishdi. Bosh murabbiy Vadim Chudnovskiy mazkur yigʻin orqali sportchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini maromiga yetkazdi.

Text to speech