9 Mart 2023 770

Chusovitina va Abdurahimov finalda

Sport gimnastikasi: Bokuda start olgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida dastlabki saralash bahslari ortda qoldi. Unda ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchilari Oksana Chusovitina hamda Rasuljon Abdurahimov finalga yoʻl olishdi.

Chusovitina tayanib sakrash dasturida 13.016 ball bilan ikkinchi natijani koʻrsatdi. Parallel brusda 14.266 ball jamgʻargan Abdurahimov sakkizinchi koʻrsatkich qayd etib, 11-mart kuni oʻtadigan finalda medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi. Afsuski, bugun startga chiqqan boshqa hamyurtlarimizning natijalari final uchun yetarli boʻlmadi.

Text to speech