9 Mart 2023 2149

Osiyo chempionatida fantastik yakun!

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligi oʻz poyoniga yetdi. 2-9-mart kunlari oʻtkazilgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 9 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Bugun musobaqaning yakuniy kunida yosh qizlar sablya va shpaga, yigitlar rapira qurolida jamoaviy davsturda kuch sinashishdi. Quvonarlisi, barcha yoʻnalishlarda hamyurtlarimiz finalga qadar yetib borishdi. Murosasiz janglarda qizlarimiz har ikki yoʻnalishda oltin medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsalar, gonkonglik raqiblariga imkoniyatni boy bergan yigitlarimiz kumush medallarni qoʻlga kiritishdi. Bugungi natijalar:

Sablya, qizlar:
1. Oʻzbekiston
2. J.Koreya
3. Yaponiya

Shpaga, qizlar:

1. Oʻzbekiston
2. Xitoy
3. Yaponiya

Rapira, yigitlar:
1. Gonkong
2. Oʻzbekiston
3. Xitoy

Qayd etish joiz, musobaqa yakuniga koʻra, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan Koreyadan soʻng ikkinchi, yoshlar toifasida esa 6 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Text to speech