9 Mart 2023 988

Velosportchi qizlarimiz Italiyada ikkinchi bo'lishdi

Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi xalqaro musobaqalardagi ishtirokini Italiyada davom ettirmoqda. Qizlarimiz Apennin yarim orolida oʻtgan “Trofeo Ponente in Rosa Italy” nomli bir kunlik jamoaviy poygada ishtirok etib, shohsupaga koʻtarilishdi. 15.6 km masofaga kechgan bahsda jamoamiz 22:48 natija qayd etdi. Bu startga chiqqan 27 jamoa orasida ikkinchi koʻrsatkich boʻldi. Jamoamiz safida Yanina Kuskova, Nafosat Koziyeva, Margarita Misyurina, Sofiya Karimova, Yekaterina Knebeleva, Sevinch Yoʻldasheva ishtirok etdi.

1. BAA – 22:28
2. O'zbekiston – 22:48
3. Shveytsariya – 23:00

Text to speech