9 Mart 2023 792

Bokuda Jahon kubogining uchinchi bosqichi start olmoqda

Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi start oladi. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun quyidagi yoʻnalishlarda saralash bahslarida ishtirok etishadi:

Erkaklar:
Erkin mashq: Asadbek Aʼzamov, Oʻtkirbek Joʻraboyev
Parallel brus: Oʻtkirbek Joʻraboyev, Rasuljon Abdurahimov
Halqa: Asadbek Aʼzamov

Ayollar:
Tayanib sakrash: Oksana Chusovitina, Gulnaz Jumabekova
Toʻsin: Oksana Chusovitina, Lobar Amrillayeva

Text to speech