9 Mart 2023 804

Taekvondochilarimiz Niderlandiya va Belgiyadagi musobaqalarga joʻnab ketishdi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Yevropa safariga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz 11-12-mart Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida “Dutch Open”, 18-19-mart kunlari Belgiyaning Lommel shahrida “Belgian Open” musobaqalarida ishtirok etishadi. G-2 tasnifidan oʻrin olgan ushbu turnirlar Parij-2024 Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi. Pavel Xan boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur turnirlar uchun quyidagi sportchilarni tanlab oldi:

-68 kg: Niyaz Pulatov
-74 kg: Ulugʻbek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-67 kg: Feruza Sodiqova
+73 kg: Svetlana Osipova

Text to speech