9 Mart 2023 949

Ivan Yefremovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli ogʻir atletikachimiz Ivan Yefremov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ivan Vladimirovich Yefremov 1986-yil 9-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Ogʻir atletika boʻyicha AQSHning Xyuston (2015) va Anaxaym (2017) shaharlarida oʻtkazilgan jahon chempionatlari sovrindori. Yefremov London-2012 Olimpiadasining bronza medali sohibi, Rio-2016 Olimpiadasining ishtirokchisi hisoblanadi. Shuningdek, hamyurtimiz Osiyo oʻyinlari va qitʼa chempionatida sovrindorlar qatoridan joy olgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, unga sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech