FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Mart 2023 2199

Oltin medallarimiz yettitaga yetdi

Toshkentda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Bugun yigitlar shpaga va sablya, qizlar rapira qurolida jamoaviy yoʻnalishda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Shuningdek, bugun reglamentga muvofiq musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salim Al Qosimi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Maqsud Abdusamatov ishtirok etishdi.

Marosimdan soʻng har bir dasturdan oʻrin olgan final janglari oʻtkazildi. Ahamiyatlisi, sablyachilarimiz mazkur yoʻnalishda ham oltin medallarga sazovor boʻlishdi. Finalda yigitlarimiz Xitoydan 45:33 hisobida ustun kelishdi.

 Sablya, yigitlar

1. Oʻzbekiston
2. Xitoy 
3. Qozogʻiston 

Qilichbozlarimizning musobaqada hozirgacha jamg’argan medallari 7 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ra bronzani tashkil etmoqda.

Text to speech