8 Mart 2023 588

Navbatdagi manzil – Boku!

Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon kubogining uchinchi bosqichida ishtirok etish uchun Ozarbayjon poytaxtiga yetib bordi. Hamyurtlarimiz 9-12-mart kunlari oʻtkaziladigan musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Oksana Chusovitinani hisobga olmaganda, tarkib dastlabki ikki bosqichdan farq qiladi. Boku turnirida Chusovitina bilan birgalikda Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov, shuningdek, Asadbek Azamov, Oʻtkir Joʻrayev, Gulnaz Jumabekova, Lobar Amrillayeva ishtirok etishadi. Ertadan saralash bahslari boshlanadi.

Text to speech