8 Mart 2023
1218
Aziz opa-singillar, muhtaram ayollar!
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Mamlakatimiz sportida xotin-qizlarning tutgan oʻrni beqiyos. Zero, qitʼa va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya oʻyinlarida sportchi qizlarimiz hamisha munosib ishtirok etib kelishmoqda. Ishonamizki, kelajakda bu koʻrsatkich yanada ortib, sportchi qizlarimiz Olimp shohsupasida yana Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishadi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Siz aziz opa-singillarimizni yana bir bor bugungi ayyom bilan muborakbod etib, barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy tinchlik-xotirjamlik tilab qoladi. Bayramingiz muborak boʻlsin!