7 Mart 2023 1042

Bugun qilichbozlarimiz uchun eng sermahsul kun bo’ldi

Toshkentda qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining yakkalik bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo’lishdi. Dilnaz Murtazayeva shpaga, Fernanda Errera sablya dasturida chempionlikni qo’lga kiritdi. Afsuski, rapirachimiz Muhammad Yusuf Arsanov finalda 1 ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo’ydi. Bugungi g’olib va sovrindorlar:

Shpaga, qizlar:
1. Dilnaz Murtazayeva (O’zbekiston)
2. Aleksandra Tambovtseva (Qozog’iston) 
3. Sevara Rahimova (O’zbekiston)
3. Meihui Koh (Singapur) 

Sablya, qizlar:
1. Fernanda Errera (O’zbekiston) 
2. Veronika Vasilyeva (Avstraliya)
3. Ayako’z Jumamuratova (O’zbekiston) 
3. Jivon Jang (J.Koreya)

Rapira, yigitlar:
1. Shoei Hashimoto (Yaponiya) 
2. Muhammad Yusuf Asranov (O’zbekiston) 
3. Yifan Guo (Xitoy) 
3. Tit Chen (Gonkong)

Text to speech