7 Mart 2023 878

Qilichbozlik: Bugun yoshlar o'rtasidagi yakkalik bahslari yakunlanadi

Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionatida bugun yakkalik bellashuvlari nihoyasiga yetadi. Unda yigitlar rapira, qizlar esa sablya va shpaga qurolida jang qilishadi.

Ushbu kun dasturida Konya-2021 Islom birdamligi o'yinlari kashfiyoti Muhammad Yusuf Asranov, shuningdek, o'smirlar toifasida ikkita oltin medalga sazovor bo'lgan Fernanda Errera, ko'plab xalqaro musobaqalar g'olibasi Shahzoda Egamberdiyeva kabi taniqli sportchilarimiz maydonga chiqishadi.

Text to speech