Bokschi qizlarimiz jahon chempionatida qatnashish uchun Hindistonga jo'nab ketishdi
Ma'lumki, 15-26-mart kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati o'tkaziladi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borish va musobaqada ishtirok etish uchun bugun Nyu-Deli shahriga yo'l oldi.
Qizlarimiz 14 martga qadar chempionatga tayyorgarlik ko'rishadi. 15 martdan esa jahon chempionati boshlanadi. Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Aziza Yakubova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O'ktamova
-57 kg: Mahliyo Xabibullayeva
-60 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbaxor Hamidova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro'zmetova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Islom Tojiboyev, Ziyatdinbek Tayganbayev, Istam Kabinov, Timur Axbayev, Saxida Yakubova.
Shifokor: Xurshid Mirgaliyev