6 Mart 2023 812

Kuskova Xorvatiyadagi turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Xorvatiyadagi musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. “Porec Trophy Ladies” turniri hamyurtimiz Yanina Kuskovaning gʻalabasi bilan yakunlandi.

Sportchimiz uzunligi 116 km masofani tashkil etgan poygada nomdor raqibalarini ortda qoldirishga erishdi. Mazkur startda oʻz omadini sinab koʻrgan Olga Zabilenskaya sakkizinchi natijani qayd etdi. Ushbu musobaqa orqali Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida Kuskova 40, Zabelinskaya 3 reyting ochkosiga ega boʻlishdi.

1. Yanina Kuskova (Oʻzbekiston) – 3:05:18
2. Lara Jillespiye (Irlandiya) – 3:05:19
3. Urska Pintar (Sloveniya) – 3:05:19

Text to speech