6 Mart 2023 973

Osiyo chempionatining finalida ikki oʻzbek qilichbozi kuch sinashdi

Poytaxtimizdagi JAR sport majmuasi mezbonlik qilayotgan qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kuni yakunlandi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

Chempionlik sablya dasturida nasib etdi. Qayd etish joiz, yigitlar oʻrtasidagi bellashuvning finalida ikki hamyurtimiz Islambek Abdazov hamda Azizbek Dauletnazarov gʻoliblik uchun jang qilishdi. Yakunda Abdazov 15:13 hisobida ustun keldi. Shuningdek, shpaga dasturida Meyirxan Timurov bronza medaliga sazovor boʻldi.

Shpaga, yigitlar:
1. Jian Sito (Singapur)
2. Aleksandr Fedotov (Qozogʻiston) 
3. Meyirxan Timurov (Oʻzbekiston) 
4. Jungbeom Kim (J.Koreya)

Sablya, yigitlar:
1. Islambek Abdazov (Oʻzbekiston) 
2. Azizbek Dauletnazarov (Oʻzbekiston) 
3. Siaopen Yin (Xitoy)
3. Muhammad Al Fadhli (Quvayt)

Text to speech