6 Mart 2023 1020

Badiiy gimnastikachilarimizdan muvaffaqiyatli start

4-5-mart kunlari Germaniyada badiiy gimnastika boʻyicha “FELLBACH-SCHMIDEN 2023» xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu sport turidagi mavsumning ilk musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Taxmina Ikromova koʻpkurash va halqadagi mashqda ajoyib dasturi bilan oltin medalga sazovor boʻldi. Qolgan yoʻnalishlardagi medallar quyidagi dasturlarda qoʻlga kiritildi:

Koʻpkurash:
1. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) - 134,75
2. Margarita Kolosov (Germaniya) - 133,65
3. Adi Asya Kats (Isroil) - 123,50

Halqa:
1. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) - 35,65
2. Adi Asya Kats (Isroil) - 34,35
3. Margarita Kolosov (Germaniya) - 34,35

Toʻp:
1. Darya Varfolomev (Germaniya) - 34,85
2. Margarita Kolosov (Germaniya) - 34,55
3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) -33,50

Bulava:
1. Darya Varfolomev (Germaniya) - 34,85
2. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) - 34,00
3. Adi Asya Kats (Isroil) - 33,50

Tasma:
1. Adi Asya Kats (Isroil) - 32,10
2. Margarita Kolosov (Germaniya) - 31,40
3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) - 31,25

Toʻp / tasma guruh mashqi:
1. Isroil - 30,95
2. Polsha - 29,45
3. Oʻzbekiston - 28,85.

Text to speech