6 Mart 2023 819

Qilichbozlik: Bugun yoshlar oʻrtasidagi bahslarga start berildi

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Oʻsmirlar toifasidagi bellashuvlar yakuniga yetgach, bugundan yoshlar oʻrtasidagi bahslarga navbat berildi.

Ushbu kun doirasida yigitlar sablya va shpaga, qizlar rapira qurolida yakkalik dasturidagi medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishmoqda. Bugungi bahslarda oʻsmirlar toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan Zuhriddin Qodirov, shuningdek, Musa Aymuratov, Marjona Usmonova kabi yetakchilar ishtirok etishyapti.

Text to speech