6 Mart 2023 1050

Bugundan Toshkentda xalqaro mashg'ulotlar boshlanadi

3-5-mart kunlari poytaxtimiz dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirga mezbonlik qildi. Bugundan esa "Universal" sport saroyida ishtirokchi davlat terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlandi, deya xabar bermoqda O'zbekiston dzyudo federatsiyasi.

To'rt kun davomida sayyoramizning 5 qit'asi 16 mamlakati (Jazoir, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Xitoy, Portugaliya, Samoa, Senegal, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, AQSh, O'zbekiston)dan jami 126 (80 erkak, 46 ayol) nafar dzyudochi kuniga ikki mahaldan belgilangan mashg'ulotlarda ishtirok etishadi. Bugungi ilk mashg'ulot soat 17:00da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimidan o'rin olgan navbatdagi turnir Gruziyada bo'lib o'tadi. 24-26-mart kunlari dunyo dzyudosi yulduzlari Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirida jam bo'lishadi.

Text to speech