5 Mart 2023 1035

Qilichbozlarimizda yana bir oltin

Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlik bo’yicha Osiyo chempionatida yana bir oltin medal. Bugun o’smirlar toifasida kechgan so’nggi kunda sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda chempionlikni qo’lga kiritishdi.

Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva, Ayako’z Jumamuratova hamda Dilnaz Usnatdinova kvartetini bugungi bahslar davomida hech bir jamoa mag’lub eta olmadi. Final bellashuvida Qozog’iston 45:21 hisobida mag’lub etildi.

Bu O’zbekiston terma jamoasi uchun musobaqagi uchinchi oltin medal.

Text to speech