5 Mart 2023 2593

O'zbekiston terma jamoasi "Katta dubulg'a" turnirini yangi rekord bilan ikkinchi o'rinda yakunladi

Poytaxtimizdagi "Yunusobod sport majmuasi" mezbonlik qilgan dzyudo bo'yicha Toshkent "Katta dubulg'a" turniri nihoyasiga yetdi. Dunyoning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so'ng umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.

Musobaqada sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo'lishdi. Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yo'ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalga ega chiqishdi. Qayd etish joiz, bu "Katta dubulg'a" turnirlarida medallar soni bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord! Musobaqa qahramonlarini yana bir bor eslab o'tamiz:

Oltin medal:
-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Alisher Yusupov

Kumush medal:
-66 kg: Sardor Nurillayev

Bronza medal:
-60 kg: Doston Ro'ziyev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-81 kg: Muso Sobirov
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi ushbu natija bilan mamlakat dzyudo federatsiyasini, sportchilarimiz va ularni tayyorlagan murabbiylarni, muxlislarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech