5 Mart 2023 472

Bobonov va Yusupov finalda, Mamatrahimov hamda Baxtiyorov bronza medali uchun kurashadi

Dzyudo bo’yicha Toshkent “Katta dubulg’a” turnirining so’nggi kunida medallar uchun bahs olib boradigan sportchilar nomi ma’lum bo’ldi. Kechki dasturdan joy olgan bahslarda Davlat Bobonov (-90 kg) va Alisher Yusupov (+100 kg) chempionlik uchun kurash olib boradigan bo’ldi. Ahamiyatlisi, har ikki polvonimiz yaponiyalik dzyudochilar bilan bellashishadi. Shuningdek, Jahongir Mamatrahimov (-90 kg) va Shohruh Baxtiyorov (+100 kg) bronza medali uchun tatamiga chiqishadi. Kechki dasturda ishtirok etadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

 Final:
-90 kg: Davlat Bobonov - Sanshiro Murao (Yaponiya) 
+100 kg: Alisher Yusupov - Tatsuro Saito (Yaponiya)

 Bronza medali:
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov - Kristian Tot (Vengriya) 
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov - Andi Granda (Kuba)

Text to speech