5 Mart 2023 1329

Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirininig soʻnggi kunida 20 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

Bugun poytaxtimizdagi “Yunusobod sport majmuasi”da dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz nihoyasiga yetadi. Musobaqaning yakunlovchi kunida ogʻir vazn toifalaridagi bellashuvlar oʻtkazilib, unda jahon chempionlari Davlat Bobonov, Muzaffarbek Toʻraboyev, shuningdek, yana 18 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi. Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

Erkaklar, -90 kg:
Davlat Bobonov - Aydar Arapov (Qozogʻiston)
Zafarbek Oʻrolov - Mamedali Achildiyev (Turkmaniston)
Jahongir Mamatrahimov - Ushangi Margiani (Gruziya)
Ozodbek Murotov - Komronshoh Ustopriyon (Tojikiston)

-100 kg:
Muzaffarbek Toʻraboyev - Dario Garsiya (Germaniya) / Bekaris Saduakas (Qozogʻiston)
Muhammadqodir Mansurov - Eduardo Bettoni (Braziliya)
Chingizxon Shokirov - Leonardo Gonsalvesh (Braziliya)
Otabek Toʻraboyev - Avtar Singh (Hindiston)

+100 kg:
Islombek Ravshanqulov - Erik Abramov (Germaniya)
Shohruhxon Baxtiyorov - Leon Kruz Omar (Kuba)
Alisher Yusupov - Ivo Vitassek (Germaniya)
Shohruh Mamarasulov - Yash Gangas (Hindiston)

Ayollar, -78 kg:
Feruza Xoʻrozova - Estelle Posvite (Fransiya)
Irisxon Qurbonboyeva - Hongtao Vu (Xitoy)
Shahlo Egamberganova - Petrunjela Pavich (Xorvatiya)
Farangiz Xolmurodova - Alina Boyem (Germaniya)

+78 kg:
Rinata Ilmatova - Asiya Tavano (Italiya)
Saneyim Erkinbayeva - Anne Mbayro (Fransiya)
Mohinur Parmonova - Eleonora Geri (Italiya)
Fotima Kuramboyeva - Kamila Berlikash (Qozogʻiston)

Eslatib oʻtamiz, ikki kunlik bahslar yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta medal (1 tadan oltin va kumush, 4 ta bronza) bilan Yaponiyadan soʻng ikkinchi oʻrinda bormoqda.

Text to speech