3 Mart 2023
1004
Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kuni davom etmoqda
Bugun oʻsmirlar oʻrtasida yakkalik dasturidagi bellashuvlar oʻtkaziladi.
Reglamentga koʻra, ushbu kun doirasida yigitlar rapira, qizlar shpaga va sablya qurollarida jang qilishadi. Eslatib oʻtamiz, musobaqaning birinchi kunida Zuhriddin Qodirov sablya dasturida oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.