3 Mart 2023 873

Jahon kubogida ikki nafar hamyurtimiz finalda

Doxada oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida finalchilar aniqlandi. Eʼtiborlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili medallar uchun kurash olib boradigan boʻldi.

Ortda qolgan saralashning navbatdagi kunida Dildora Aripova erkin mashq dasturida 12.866 ball bilan kuchli sakkizlikdan joy olib, shohsupaga koʻtarilish imkoniyatini saqlab qoldi. Ushbu yoʻnalishdagi final ertaga boʻlib oʻtadi. Bugun esa Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqida sovrinli oʻrinlar uchun raqobatlashadi.

Text to speech