Yoshlarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish – asosiy maqsad
MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turgani haqida maʼlum qilgan edik. Mutasaddilar xizmat safari davomida bir qator sport taʼlim muassasalarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Qarshi shahri va tumani, shuningdek, Nishon, Dehqonobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi manzillar roʻyxatidan joy oldi. Mutasaddilar barcha obyektlarning moddiy-texnik bazasi, yoshlarga yaratilgan sharoitlarni atroflicha oʻrganishdi. Shuningdek, har bir hududdagi yoshlar yetakchilari bilan fuqarolarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishishdi.
Safar davomida muassasalardagi tez tibbiy xizmat koʻrsatish boʻlimining faoliyati ham alohida oʻrganildi. Mahalla yetakchilari bilan suhbatda yoshlar bandligini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi. Qolaversa, hududlardagi fuqarolar bilan dastur asosida ochiq muloqot va sayyor qabullar ham oʻtkazildi.