3 Mart 2023 786

Marius Vizer Toshkentda

Bugun poytaxtimizda start oladigan dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turnirining faxriy mehmoni - Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer mamlakatimizga yetib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida martabali mehmonni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o’rinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov kutib olishdi.

5-martga qadar davom etadigan musobaqada 49 mamlakatdan 364 nafar sportchi medallar va Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

Text to speech