3 Mart 2023 926

Olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov 30 yoshda!

Bugun boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempioni Shahobiddin Zoirov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Shahobiddin Zoirov 1993-yil 3-mart kuni Buxoro viloyatida tugʻilgan. Bokschimiz -52 kg vazn toifasida Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari, 2019-yil Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida oʻtgan jahon chempionati gʻolibi boʻlgan. Ushbu gʻalabalari evaziga Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Shahobiddin Zoirovni tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, faoliyatida ulkan gʻalaba va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech