IJF Toshkent “Katta dubulg’a” tashkilotchiligini yuqori baholadi
Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirining qurʼa tashlash marosimida Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov, shuningdek, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) masʼullari Armen Bagdasarov, Vlad Marineski va Liza Allan ishtirok etishdi.
Tadbirda Adham Ikramov va Oybek Kasimov musobaqaga davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan katta tayyorgarlik koʻrilgani, Xalqaro dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlik bundan keyin ham izchil davom etishini taʼkidlashdi. Oʻz navbatida, IJF mutasaddilari Oʻzbekistonning bu kabi musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazishiga shubha qilishmayotgani, tashkiliy jihatdan turnirga aʼlo darajada tayyorgarlik koʻrilganini bildirishdi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqa ertaga start oladi. Birinchi kun doirasida erkaklar -60 va -66 kg, ayollar -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.