2 Mart 2023 1004

Osiyo chempionatini oltin medal bilan boshladik

Toshkentda start olgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligining ilk kuni yakunlandi. Ma’lum qilganimizdek, unda o‘smir yigitlar sablya va shpaga, qizlar rapira qurolida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Quvonarlisi, sablyadagi janglarda ushbu sport turida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni Zuhriddin Qodirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugungi kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Sablya, yigitlar:
1. Zuhriddin Qodirov (O‘zbekiston) 
2. Muhammad Abdulkarim (Quvayt) 
3. Pak Xo (Gonkong) 
3. Minchan Kim (J.Koreya) 

Shpaga, yigitlar:
1. Xoxyun Nam (J.Koreya) 
2. Rang Li (Xitoy Taipeyi)
3. Chinrui Chjang (Xitoy) 
3. Jia Xsu (Gonkong) 

Rapira, qizlar:
1. Minchaye Shin (J.Koreya) 
2. Shun Vong (Gonkong) 
3. Nano Shimizu (Yaponiya)
3. Yuyang Sia (Xitoy)

Text to speech