2 Mart 2023 845

Chusovitina finalda!

Doxa shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida dastlabki saralash bahslari oʻtkazildi.

Ahamiyatlisi, unda hamyurtimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimizning ikki chiqishi jami 12.899 ball bilan baholandi. Bu saralash dasturidagi toʻrtinchi natija boʻldi.

Afsuski, Dildora Aripova ikki toʻsin, Abdulaziz Mirvaliyev xalqa va erkin mashq, Ravshan Komiljonov erkin mashq, Kotbusda oʻtgan turnir gʻolibi Abdulla Azimovning ot ustidagi chiqishi medallar uchun kurashni davom ettirishga yetarli boʻlmadi. Bugun yana bir qator yoʻnalishlarda saralash bahslari davom etadi.

Text to speech