2 Mart 2023 810

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha qitʼa chempionati boshlandi

Bugun poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga start berildi. JAR sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqa 9-martga qadar davom etadi.

Reglamentga koʻra, bugun oʻsmirlar toifasida yakkalik bellashuvlari oʻtkaziladi. Unda yigitlar sablya va shpaga, qizlar rapira qurolida gʻoliblik uchun jang qilishadi. Musobaqa natijalarini biz bilan kuzatib boring.

Text to speech