1 Mart 2023 917

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi

Barcha yosh toifasida kechayotgan musobaqada Respublikamizning har bir hududidan tashrif buyurgan 1100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

Kata va kumite dasturida oʻtkazilayotgan turnir 4-martga qadar davom etadi. Unda murabbiylar shtabi joriy yil oʻtadigan jahon chempionati, Osiyo oʻyinlari kabi musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini shakllantirish, asosiy sportchilarga munosib zaxira aʼzolarini saralab olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Text to speech