1 Mart 2023 842

Bolajonlar uchun taekvondo WT assotsiatsiyasi boʻylab ekskursiya tashkil etildi

Yoshlarni sportga, xususan, taekvondoga jalb qilish maqsadida “Star kids elementary school” bogʻchasi va “Nordic education primary school” maktabi tarbiyalanuvchilari uchun ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

Kun davomida bolalar uchun assotsiatsiya boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Shundan soʻng ular professional taekvondochilarning mashgʻulotini kuzatishdi va baʼzi mashqlarni oʻzlari amalga oshirib koʻrishdi. Shak-shubhasiz bu kabi tadbirlar yosh avlodni sportga qiziqtirish va shu orqali ularni sogʻlom turmush tarziga jalb qilish yoʻlida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bolajonlar esa bugun taekvondo WT assotsiatsiyasidan olam-olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Text to speech