28 Fevral 2023 785

Olga Zabelinskaya va 5 nafar velosportchimiz Xorvatiyadagi turnirda ishtirok etishadi

Velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Team” klubi Xorvatiyaga yoʻl oldi. Sportchilarimiz u yerda 1 va 5-mart kunlari tashkil etiladigan bir kunlik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi.

1-mart kuni boʻlib oʻtadigan “Umag Trophy LADIES Croatia” poygasi 112 km, 5-mart kuniga belgilangan “Poreč Trophy LADIES Croatia” esa 96 km masofani oʻz ichiga oladi. Jamoamiz tarkibidan tajribali Olga Zabelinskaya qatori Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Sevinch Yoʻldosheva, Sofiya Karimova hamda Nafosat Qoʻziyeva joy olgan. Musobaqa jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarini taqdim qiladi.

Text to speech