28 Fevral 2023 868

Toshkent “Katta dubulgʻa” turniri ishtirokchilarining tashrifi boshlandi

3-5-mart kunlari Toshkent mezbonlik qiladigan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etuvchi davlatlar soni maʼlum boʻldi. Xalqaro dzyudo federatsiyasining maʼlum qilishicha, 51 davlatdan 378 nafar sportchi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Musobaqa Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. Unda oʻz vazn toifasida gʻalaba qozongan sportchi bu yoʻlda 500 ochkoga ega boʻladi.

Hozirda turnir ishtirokchilari birin-ketin Toshkentga yetib kelishmoqda. Ayni paytgacha Yaponiya, Xitoy, Xitoy Taipeyi, Turkiya, Turkmaniston, Sloveniya kabi terma jamoalar poytaxtimizga tashrif buyurgan.

Text to speech