28 Fevral 2023 768

Gimnastikachilarimiz Doxaga yetib borishdi

Germaniyaning Kotbus shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi Qatar poytaxtiga yetib keldi. Hamyurtlarimiz u yerda 1-4-mart kunlari boʻlib oʻtadigan ikkinchi bosqich bellashuvlarida qatnashishadi.

Tarkib Yevropa turniri bilan bir xil boʻlib, Oksana Chusovitina, Dildora Aripova, Abdulla Azimov, Abdulaziz Mirvaliyev va Ravshan Komiljonov yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Sportchilarimiz ertadan saralash bahslaridagi ishtiroklarini boshlashadi.

Text to speech