27 Fevral 2023 1423

Rossiya Federatsiyasining Kuzbass shahrida “Osiyo bolalari” II qishki o‘yinlari boshlandi

Musobaqada 12 davlatdan tashrif buyurgan 19 jamoa, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham g‘oliblik uchun bahs olib boryapti.

Delegatsiyamiz ushbu o‘yinlarda figurali uchish va xokkey sport turlarida qatnashyapti. Ayni paytga kelib, figurali uchish bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Timur Zvyagin 15-natijani qayd etdi. Qizlarimiz Amaliya Sulaymonova va Sofiya Vidrina qisqa dasturdan keyin mos ravishda 16 va 18-o‘rinda ketishmoqda. Ertaga ular erkin dasturdagi chiqishlarini namoyish etishadi.

Xokkeychilarimiz esa musobaqadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Kemerovo jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib, 7:5 hisobida g‘alaba qozonishdi. Musobaqaning II divizionidan joy olgan yosh xokkeychilarimiz ertaga saralashdagi ishtirokini boshlashadi.

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu